11:24 / 27.07.2022
15575

O‘zbekistonda farzandi xususiy bog‘cha va maktablarga boradigan fuqarolarga soliq imtiyozi berildi

Joriy yilning 26 iyul kuni imzolangan yangi qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: Kun.uz

Mobil aloqa xizmatlariga nisbatan soliq stavkalari 10 foiz etib belgilandi (ilgari 15 foiz edi).

Talabalarning O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari jami daromadlarga kiritilmaydi.

O‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘ xarajatlariga soliq to‘lovchi daromadi sifatida qaralmaydi.

Soliq to‘lovchi farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlariga yo‘naltiriladigan daromadlariga soliq solinmasligi belgilandi.

Norezidentlar bo‘lgan jismoniy shaxslar mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlari (dividendlar va foizlar hamda fraxtdan olingan daromadlardan tashqari) uchun soliq stavkalari 12 foiz etib belgilandi.

Qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlar markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalariga soliq solinmasligi belgilandi.

1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha respublika rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Prezident va hukumatning 1 iyulgacha qabul qilingan hujjatlarida nazarda tutilgan bojxona boji bo‘yicha imtiyozlar ular amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi.

Mavzuga oid
Top