19:21 / 26.01.2023
6395

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yettita memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishbilarmonlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hamkorlik doirasida memorandumlar imzolandi.

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifi doirasida ikkala mamlakatning yuzdan ortiq ishbilarmonlari hamkorlik masalalarini muhokama qilib, bir qator hamkorlik shartnomalarini imzoladilar. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Jumladan,

  • Qirg‘iziston zargarlar va tadbirkorlar uyushmasi va O‘zbekiston «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi «O‘sh viloyati hududiy boshqarmasi» muassasasi va O‘zbekiston Respublikasi Andijon hududiy savdo-sanoat palatasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • JIA biznes uyushmasi va O‘zbekiston eksportyorlari assotsiatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv to‘g‘risida;
  • Qirg‘iziston farmatsevtika ittifoqi va O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Qirg‘iziston Respublikasining «Ekoeksport» MChJ va O‘zbekiston yaylov xo‘jaliklarini rivojlantirish assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida;
  • Qirg‘iziston turoperatorlari assotsiatsiyasi va O‘zbekiston turizm investorlari assotsiatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Bazalt wool kompaniyasi va «Fast grupp» MChJ o‘rtasidagi 20 mln dollarlik hamkorlik to‘g‘risida.
Top