20:52 / 27.01.2023
13272

Sudyalik lavozimiga yangi tayinlovlar amalga oshirildi 

Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyati sudlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Foto: Sudyalar oliy kengashi

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida tashkiliy masalalar ko‘rildi. Jumladan, ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishini navbatdagi muddatga uzaytirish, shuningdek, vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masalalar ochiq tanlov asosida ko‘rib chiqildi. 

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Habibullayev Azamat Anvarovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi; 

To‘raqulov To‘lqin Appakovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi. 

Mamajonov Burhonjon Mahmudovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi. 

G‘ofurov Muzaffar Mirzajonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi; 

Umarova Mavluda Nazimovna – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi; 

Minojiddinov Abdurasul Bahodirovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi. 

Shuningdek: Isaqulov Sanjar Turdiqulovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tumani sudining raisi lavozimiga tayinlandi. 

Top