08:37 / 02.02.2023
6881

AQSh Federal zaxira tizimi bazaviy stavkasini oshirdi

AQShda bazaviy stavkani oshirish maqsadlaridan biri uzoq muddatli inflatsiyani 2 foizga tushirishdir, deyiladi Federal zaxira tizimi bayonotida.

Foto: Reuters

AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) bazaviy stavkani 25 bazis punktga ko‘tardi - yillik 4,25-4,5 foizdan 4,5-4,75 foizgacha. Ochiq bozor operatsiyalari bo‘yicha federal qo‘mitaning (FOMC) tegishli qarori 1 fevral, chorshanba kuni chop etilgan press-relizda ma’lum qilindi.

Hujjatda aytilishicha, bunday siyosatning maqsadi uzoq muddatda maksimal bandlik va inflatsiyani 2 foizga yetkazishdir. Bu - joriy yilda AQSh Federal zaxira tizimining bazaviy stavkani birinchi marta oshirishi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi katta insoniy va iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keldi va global noaniqlikning kuchayishiga yordam berdi. Qo‘mita inflatsiya xavfiga katta e’tibor beradi, deya ta’kidlaydi FZT.

2022 yil dekabr oyida inflatsiyaning biroz sekinlashishi va retsessiyadan qo‘rqish fonida AQSh Federal zaxira tizimi stavkani 50 bazaviy punktga oshirib, pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish sur’atini sekinlashtirdi. Bundan oldin, oldingi to‘rtta FOMC yig‘ilishlari natijalariga ko‘ra, u 75 bazaviy punktga ko‘tarildi.

2022 yil iyun oyida, COVID-19 pandemiyasi va Ukrainadagi urush ta’sirida, Qo‘shma Shtatlardagi inflatsiya 40 yillik eng yuqori darajaga - 9,1 foizga yetdi.

Top