16:41 / 04.02.2023
10276

Portugaliya Ukrainaga Leopard tanklari yetkazib berilishini e’lon qildi

Foto: Getty Images

Portugaliya Ukrainaga Leopard 2 jangovar tanklarini yuboradi, deb xabar berdi mamlakat bosh vaziri Antonio Koshta. U tanklarning soniga aniqlik kiritmadi.

Antonio Koshtaning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati Portugaliya qurolli kuchlari xizmatida bo‘lgan bir qator ishlamaydigan tanklarni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni sotib olish maqsadida Germaniya bilan muzokaralar olib bormoqda. 

«Biz hozirda tanklarimizning bir qismini jo‘natish ustida ishlayapmiz, - dedi u Lusa Portugaliya axborot agentligiga. - Men Ukrainaga qancha tank berilishini bilaman, lekin bu haqda o‘z vaqtida e’lon qilinadi».

Avvalroq Ispaniya Leopard 2A4’ni Ukrainaga birinchilardan bo‘lib yetkazib berishni rejalashtirayotgani - uning tarkibiga tiklangan to‘rtta-oltita tank kirishi xabar berilgandi. 

El País gazetasining Madriddagi hukumat manbalariga tayanib ta’kidlashicha, yakuniy ko‘rsatkich Saragosadagi 41-logistika qo‘llab-quvvatlash guruhida o‘n yil davomida saqlangan 53 ta tankning holatiga bog‘liq.

Ispaniya Mudofaa vazirligi ularni zudlik bilan qayta tiklash bo‘yicha harbiy sanoat bilan muzokaralar olib bormoqda, shuningdek, boshqa mamlakatlarning hissasi bo‘yicha qarorlarni kutmoqda. 

Mavzuga oid
Top