Nihoyat jahon çempionati final bosqiçi uçun köpçilik kutgan qur’a taşlangaç, mundial kartinasi hammaning köz oldida namoyon böldi. Öyinlar qaysi paytda böladi, raqiblar kim, pley-off ehtimoli qanday, yozgaça mulohaza qiliş uçun mavzu juda köp.

Masalan, Braziliya, Şotlandiya va Marokaşdan iborat guruh bizga 1998 yilgi Fransiya mundiali va aynan braziliyaliklar tufayli közda yoş bilan turnirni tark etgan Marokaşni eslatib yuboradi. Fransiya esa 2002 yilgi oğriqli mağlubiyat uçun Senegaldan qasos olişi mumkin. Agar hammasi kutilgandek ketsa, Messi va Ronaldu çorakfinalda töqnaş kelişini hozirdan hisoblab bölişdi. Uzoqqa bormaylik, hatto oçiliş öyini ham taniş – Meksika va Janubiy Afrika. Bu jamoalar JÇ-2010 turnirini Ravşan Ermatov huştagi bilan boşlab berişgan, faqat öşanda mezbon Meksika emas, afrikaliklar edi.

Xullas, gaplaşadigan gaplar köp, ammo ilk taassurotlarni tabiiyki, Özbekiston milliy jamoasiga urğu qaratgan holda taqdim etamiz.

Kanadaga boramizmi?

Taqvimga köra, birinçi öyin Kolumbiyaga qarşi 17 iyun kuni Mexikoda, afsonaviy «Atsteka» stadionida ötadi. Uşbu stadion öz bağriga 87 mingdan ortiq muxlisni siğdira oladi va qit’adagi eng katta stadion hisoblanadi, dunyoda esa kuçli beştalikka kiradi. «Atsteka» «Marakana» kabi ikki marta mundial finalini qabul qilgani bilan ham tarixga kirgan. Debyut uçun ajoyib stadion. Uşbu uçraşuv Toşkent vaqti bilan ertalabki soat 08:00 da boşlanadi. Bu öyin 1-turni yopib ham beradi.

Ikkinçi turda Portugaliyaga qarşi öyinimiz 23 iyun kuni AQŞda bölib ötadi. 71 ming muxlisga möljallangan NRG Stadium Texasning Hyuston şahrida qad kötargan. Bu uçraşuv Toşkent vaqti bilan keçki soat 22:00 da boşlanadi.

Hal qiluvçi sönggi tur öyiniga ham AQŞ, Atlantadagi Mersedes-Benz Stadium öyingohi mezbonlik qiladi. Uçraşuv ertalabki soat 05:30 ga belgilangan. Qiziği, uşbu stadion aslida özbekistonliklarga begona emas. JÇ-2026 saralaş bosqiçi boşlanişidan oldin Sreçko Katanets boşçiligidagi jamoa Meksikaga qarşi örtoqlik öyinida 3:3 hisobida durang qayd etgan, öyin aynan Atlantadagi mazkur stadionda bölib ötgandi.

E’tiborli jihati, Özbekiston mundialda uçala mezbon davlatda ham öynaş imkoniyatiga ega. Buning uçun jamoa guruhda 2-örinni egallaşi talab etiladi. Ana öşanda pley-offni L guruhi ikkinçi jamoasiga qarşi Torontoda boşlaymiz. Agar 3-örin orqali çiqilsa, pley-offda ham Atlantada qolamiz.