09:34 / 09.02.2023
4701

Zelenskiy 9 fevral kuni Yevroparlamentda nutq so‘zlaydi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9 fevral kuni Bryusselda Yevroparlament deputatlari oldida nutq so‘zlaydi, deb xabar beradi dpa. 

Foto: president.gov.ua

Undan oldin u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etadi

Ukraina prezidenti o‘z nutqida Rossiya agressiyasini qaytarishda qo‘llab-quvvatlagani uchun yevropaliklarga minnatdorchilik bildirishi va shu bilan birga Rossiya armiyasi ustidan g‘alabaga erishish uchun uning davlatiga qanday yordam kerakligini aytib berishi kutilmoqda.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Britaniya parlamentida ko‘p sonli siyosatchilar oldida nutq so‘zladi va ularga «jasorati» uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ukraina prezidenti jahon hamjamiyatini jangovar samolyotlarni berishga chaqirar ekan, parlamentga ukrainalik uchuvchi dubulg‘asini ham sovg‘a qildi.

«Men tushuntirishim kerak - bu haqiqiy uchuvchining dubulg‘asi, u bizning eng muvaffaqiyatli uchuvchimiz. Unda «Bizda erkinlik bor - iltimos, uni himoya qilish uchun bizga qanotlarni bering... Bizga jangovar samolyotlar kerak, chunki samolyotlar erkinlik uchun qanotdir» degan so‘zlar yozilgan», dedi Zelenskiy.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top