20:25 / 14.02.2023
9823

Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi 

Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin. 

Foto: Getty Images

2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi. 

Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin. 

Top