12:20 / 16.02.2023
11421

Afg‘onistonda bir kunda ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi

Afg‘onistonda bir kunda ikkinchi marta zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

16 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgan

Zilzila koordinatalari: 37,41 gradus shimoliy kenglik; 71,34 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,7. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 466 km janubi-sharqda.

Bugun, 16 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:54 da ham Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgandi.

Top