Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:54 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,46 gradus shimoliy kenglik; 70,83 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 552 km janubi-sharqda.
15 fevral kuni Qirg‘izistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.