16:40 / 16.02.2023
10701

Rossiyaga qarshi sanksiyalar Kavkazorti va Markaziy Osiyoga yordam beryapti - YeTTB

Foto: TASS

Kavkazorti va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti Rossiya bilan vositachilik savdosidan foyda ko‘ryapti. Ular malakali muhojirlar oqimidan ham foyda olyapti, deb xabar berdi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki.

G‘arbning Ukrainaga qarshi urushi tufayli Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar qator mintaqalar iqtisodiyotiga foydali ta’sir ko‘rsatdi. «Kavkazorti va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy iqtisodiyotlari Rossiya bilan vositachilik savdosidan, Rossiyadan kapital va malakali migrantlar oqimidan foyda ko‘rmoqda», — deyiladi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) payshanba, 16 fevral kuni e’lon qilingan hisobotida.

Tadqiqotda qayd etilganidek, bu mamlakatlarda real ish haqi, boshqa mintaqalardan farqli o‘laroq, o‘sgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va AQShdan import keskin oshgan, bu esa tovarlar Kavkazorti va Markaziy Osiyo orqali Rossiyaga qayta sotilayotganidan dalolat beradi. Bu G‘arbdan Rossiya importining ozgina qismini tashkil etadi, ammo Qirg‘iziston va Armaniston kabi davlatlar uchun bu yalpi ichki mahsulotning 4-6 foiziga teng ekani aytiladi.

«Ushbu savdoni osonlashtirish uchun yirik logistika sanoati vujudga keldi, u kapital oqimini osonlashtiryapti, bu esa, o‘z navbatida, mahalliy valutalarning AQSh dollariga nisbatan mustahkamlanishiga yordam beryapti», — deyiladi YeTTB hisobotida.

Top