AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy, Hindiston, Braziliya va Rossiya neftini sotib olayotgan boşqa davlatlarga nisbatan sanksiyalar joriy etiş imkonini beruvçi ikki partiyali qonun loyihasiga “yaşil çiroq” yoqdi. Bu haqda 8 yanvar, payşanba kuni mazkur taşabbus mualliflaridan biri — Janubiy Karolinadan saylangan respublikaçi senator Lindsi Grem X’dagi mikroblogida xabar qildi.

Qonun loyihasini Grem demokrat senator Riçard Blyumental va boşqa senatorlar bilan hamkorlikda işlab çiqqan va 2025 yil aprelida taqdim etgan. Hozirda 80 nafardan ortiq senator qöllab-quvvatlayotgan uşbu hujjat Rossiyadan neft, gaz, uran va boşqa mahsulotlarni sotib olayotgan mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik boj joriy etişni nazarda tutadi.

8 yanvarda X’dagi postida Grem bu qonunni hozir qabul qiliş öz vaqtida bölişini aytdi, “çunki Ukraina tinçlik uçun yon berişlarga boryapti, Rossiya esa faqat gapirib, ayni paytda begunohlarni öldirişda davom etyapti”, degan fikrni bildirdi. “Bu qonun loyihasi prezident Trampga arzon Rossiya neftini sotib olayotgan mamlakatlarni jazolaş imkonini beradi — bu esa Putinning harbiy maşinasiga yonilği bermoqda”, — deya qöşimça qildi u.

Lindsi Grem öz qonun loyihasi böyiça ovoz beriş AQŞ Kongressida kelasi haftaning boşidayoq ötişi mumkinligini kutmoqda. Reuters agentligi eslatişiça, Senat va Vakolatlar palatasidagi respublikaçilar hamda demokratlar rahbarlari taşabbusni ovoz berişga olib çiqişga şoşilmagan, çunki Donald Tramp dunyoda Rossiya neftini eng köp sotib oladigan ikkinçi mamlakat — Xitoydan keyin turadigan Hindistondan keladigan tovarlarga oşirilgan boj joriy etişni afzal körgan.

2025 yil noyabrida agentlik noma’lum amerikalik mansabdorga tayanib xabar berganidek, agar qonun matni unga sanksiyalar joriy etilişini nazorat qiliş vakolatini saqlab qoliş imkonini bersa, Tramp tegişli qonunni imzolaşga tayyor.