20:31 / 24.02.2023
15711

MIB Jizzax va Samarqand viloyatlari boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi 

Majburiy ijro byurosi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. 

Bekzod Mengliyev va Sur’at Jabborov / Foto: MIB

Bekzod Shoimovich Mengliyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bungacha ushbu lavozimda Sur’at Jabborov faoliyat yuritgandi. 

Bekzod Mengliyev 1985 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2009 yilda Sud ijrochilari Toshkent viloyati, Toshkent tumani bo‘limi sud ijrochisi vazifasida boshlagan. 2015 yilda Sud departamenti Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining bo‘lim bosh inspektori lavozimida ishini davom ettirgan. Yangi tayinlovga qadar Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Sur’at Shuhratovich Jabborov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bungacha ushbu lavozimda Mehroj Nasrullayev faoliyat yuritgandi. 

Sur’at Jabborov 1976 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2002 yilda Samarqand viloyati, Siyob tumani prokuraturasi ish o‘rganuvchisi vazifasida boshlagan. So‘ngra, Samarqand viloyati, Toshkent shahar va Jizzax viloyati prokuratura organlarida turli lavozimlarda ish olib borgan. 2017 yilda Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishini davom ettirgan. Ushbu tayinlovga qadar, Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Mavzuga oid
Top