11:07 / 27.02.2023
6710

«Navalniy» filmi Amerika prodyuserlar gildiyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi

Rossiya muxolifati yetakchisining zaharlanishi haqidagi film PGA talqiniga ko‘ra eng yaxshi hujjatli film nomiga sazovor bo‘ldi.

«Navalniy» filmidan lavha

«Navalniy» filmi Amerika prodyuserlar gildiyasining (Producers Guild of America, PGA) eng yaxshi hujjatli film uchun mukofotini qo‘lga kiritdi. 26 fevral, shanba kuni PGA Twitter akkauntida e’lon qilingan postda film «ajoyib prodyuserlik» uchun taqdirlangani aytiladi

Kanadalik rejissyor Deniyel Roerning lentasida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning 2020 yil avgustida zaharlangani, uning davolanishi, komadan chiqqani va siyosatchining zaharlanish holatlarini o‘rganishi haqida so‘z boradi. Film Navalniyning Rossiyaga qaytishi, u yerda hibsga olingani, «Iv Roshe» ishi bo‘yicha sudlangani va koloniyaga jo‘natilgani bilan yakunlanadi. 

Filmning premerasi 2022 yil yanvar oyida Sundance Amerika mustaqil kino festivalida bo‘lib o‘tdi, unda film «Hujjatli film» nominatsiyasida tomoshabinlar mukofoti hamda Festival Favorite Award mukofoti sovrindori bo‘ldi. Film Cinema Eye Honors xalqaro hujjatli filmlar festivalida yana ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi – kino ishlab chiqarish sohasidagi ulkan yutuqlari va tomoshabinlar e’tirofi.

Bundan tashqari, «Navalniy» «Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida Britaniya kino va televideniye akademiyasi (BAFTA) mukofotini oldi, shuningdek, 12 mart kuni o‘z egalariga topshiriladigan Amerika kino san’ati akademiyasi mukofotining («Oskar») nomzodlar ro‘yxatiga kirdi.

Mavzuga oid
Top