“Vatanparvar”. Navalniy qattiq rejimdagi koloniyada qanday qilib kitob yozişga muvaffaq böldi?
|18:41 / 26.10.20245 17411 min
Aleksey Navalniyning “Vatanparvar” nomli avtobiografiyasi 22 oktyabr kuni bir vaqtning özida 36 mamlakatdagi kitob dökonlarida sotuvga çiqdi. Kitob biryöla 26 tilda, jumladan, rus tilida çop etildi. Navalniy kitob ustida Rossiyada qamoqqa olinişidan oldin ham, keyin ham işlagan. Xöş, qamoqxonada memuar yoziş qanday keçgan?
Foto: APFoto: AP
Navalniyning kitobi haqida uning jamoasi siyosatçi qamoqda vafot etganidan köp ötmay e’lon qildi.
“Men uni unutmasliklarini, butun dunyo böylab odamlar — hatto uni avvaldan bilganlar ham u haqida köproq ma’lumot olişini xohlayman”, — dedi Yuliya Navalnaya BBC’ga bergan intervyusida. “Uning bolalik davri, qanday qilib siyosatçi va Rossiya siyosiy muxolifati yetakçisiga aylanib qolgani, köplab odamlar uning tarafdoriga aylanib, qaraşlarini qöllab-quvvatlay boşlagani haqida bilişlarini, uning ovozi hatto vafotidan keyin ham baland jaranglab turişini istayman”.
Navalniy kitob yozişga qaçon qaror qilgan?
Aleksey Navalniy kitobining avtobiografik qismi ustida 2020 yil kuzida Germaniyada işlay boşlagan. Öşa paytda u hayotini xavf ostida qoldirgan “Noviçok” bilan zaharlanganidan söng soğliğini tiklayotgandi.
Tomskdan Moskvaga ketayotgan samolyotda Navalniy özini yomon his qilib, huşidan ketadi. U bir neça haftadan keyingina öziga keladi.
“Öliş unçalik oğriqli emas. Kitobning birinçi jumlasi hozir dahşatli başoratdek tuyuladi”, — deb yozdi New York Times şarhlovçisi kitob haqidagi taqrizida.
Ammo faqat boşlanişi emas, balki butun kitob başorat bölib çiqdi. Kitob yoziş taşabbusi Navalniyning özidan çiqqan.
“Umuman olganda, kitob menga juda kerak. Birinçidan, uni yozişni juda xohlayman, bularning barçasini özim boşladim va aytadigan gaplarim bor”, — deydi u. Uşbu parçani “Mediazona” naşr etdi, uni siyosatçi Rossiyada qamoqda ötirganida yozgan.
Ikkinçidan, uning adabiy agentlari “juda muloyim va xuşmuomala tarzda” bölsa-da, buni tez-tez eslatib turişini Navalniy quvnoq ohangda yozgan.
Ammo kitob ustida işlaşga undagan boşqa ikki sabab uning öziga ham “dramatik” tuyulgan. U qamoqxonada öldirilişi mumkinligi haqida birinçi bor oçiq-oydin gapirgan: “Agar meni bu yerda baribir yöq qilib yuborişsa, bu men haqimdagi xotira bölib qoladi”.
Navalniy agar uni öldirişsa, oilasi heç bölmaganda kitob muallifiga tölanadigan gonorar va uni sotişdan keladigan foizlarni oladi, deb öylardi.
Mavzuga oid
“Menimça, ular bölişi kerak. Agar kimyoviy qurol bilan qilingan sirli suiqasd, söng qamoqxonadagi fojiali ölim kitoblarni sotişga sabab bölmasa, unda qanday kitoblar sotilişini bilmadim”, — deya yana hazillaşadi Navalniy. U hali oldinda aynan şu, eng yomon ssenariy kutib turganini bilmasdi.
Endi Navalniyning kitobiga nafaqat xotiralar, balki rossiyalik muxolifatçi siyosatçining siyosiy vasiyati sifatida qaralmoqda.
“Men uçun bu şunçaki kitob emas, balki erimning sönggi maktubi, uning matonati, jasorati va mamlakatimizning yorqin kelajagiga işonçi ifodasi”, — dedi Yuliya Navalnaya.
Navalniy kitob ustida qanday işlagan?
“Vatanparvar” asari avtobiografik qism hamda Navalniy asosan qamoqda yozgan kundalik qaydlaridan taşkil topgan. Bu materiallardan kitob yaratişda Yuliya Navalnaya, Aleksiyning safdoşlari va hamkasblari yordam körsatgan.
Siyosatçi matbuot kotibi Kira Yarmiş Aleksey öz tarjimai holi ustida işlaşni boşlagani haqida aytib bergandi. 2020 yil kuzida Navalniy undan Moskvadan Germaniyaga uçib kelişini va özining adabiy kotibi bölişni söraydi. U bölajak kitobning parçalarini unga aytib turardi, çunki zaharlaniş oqibatlari tufayli Navalniy uzoq vaqt kompyuterda işlaşga jismoniy jihatdan qiynalgan. Bunday iş sxemasini ular avvalroq Yarmiş YouTube uçun bölajak roliklar ssenariylarini yozayotganida sinab körişgan.
“Alekseyda ravon gapiriş iste’dodi bor edi. Mening işim unga yetib oliş va ba’zan: “Bu sözni yaqinda işlatgandik” deb qöyişdan iborat edi”, — eslaydi Yarmiş. “Rossiyaga jönab ketgunimizça şu bilan şuğullandik”.
Rossiyaga qaytib, hibsga olinganidan keyin Navalniy qamoqxonada öz xotiralarini yozişda davom etdi, şuningdek, kitobga kiritilgan qamoqxona kundaliklarini ham yozdi. U hatto syujyet va janrning bunday özgarişi ustidan istehzo bilan gapirdi: “Qamoqxona kundaliklari — bu juda köp ştamplarga ega janr, ulardan foydalanmaslik mumkin emas”.
Navalniyning qamoqdagi yozuvlarida ham koloniyada vafot etiş ehtimoli haqidagi fikrlar aks etgan. New Yorker jurnali kitob çiqişidan oldin e’lon qilgan uşbu yozuvlarning bir qismidan ma’lum bölişiça, Navalniy nafaqat özini qamoqda öldirişlari mumkinligini öylagan, balki bu fikrlarini koloniyadagi kam sonli uçraşuvlaridan birida xotiniga ham aytgan.
New York Times şarhida aytilişiça, kundalik uçun sönggi qaydlar Navalniy tomonidan 2022 yil sentabr oyida yozilgan. Bu paytda qamoq şaroitlarining yanada qattiqlaşişi tufayli biror narsa yoziş imkoniyati minimal darajaga tuşirib qöyilgandi.
Qamoqxonada qanday qilib kitob yoziş mumkin?
Qamoqxonada kitob yoziş Navalniy tasavvur qilganidan ham qiyinroq bölib çiqdi.
Kitobida Navalniy hazillaşib, 2020 yil oxirida naşriyotçilariga Moskvaga qaytiş rejalarini aytganda, mabodo qamoqqa olinsa, bu işni tezroq tugatişi mumkinligini aytgan: “Meni qamaşsa, sizlar uçun yaxşiroq böladi. Bunda, albatta, yoziş uçun köp vaqtim bölardi”.
U qattiq yanglişganini tan oldi: aksinça, qamoqxonada yoziş uçun vaqt topiş juda qiyin edi: “Menga öxşagan “qizil zona”dagilarni doimo band qilib turişadi. Bu yerda yoziş u yoqda tursin, öqişga ham vaqt yöq. Bu yerda sen yoningda bir dasta kitob turadigan aqlli mahbus emassan. Sen höl möyna qalpoqda doim qayoqqadir saf tortib ketayotgan ahmoqsan”.
2022 yil kuzida Aleksey muntazam ravişda ŞIZOga (tartibni buzgan mahbuslar uçun jarima izolyatori) yuborila boşladi, u yerda yoziş yanada qiyinlaşdi.
“Qoğoz va ruçka kuniga 1 soat 15 daqiqaga beriladi, — deb ta’riflaydi Navalniy izolyatordagi şaroitlarni. — Mana hozir temir örindiqda, temir stol yonida ötiribman. Bu postni yozib tugataman va qoğozni olib qöyişgunga qadar iş joyidagi mahbuslarga ularning huquqlari haqida yöriqnoma yozaman”.
Yuliya Navalnayaning aytişiça, Navalniy umrining sönggi oylarida yoziş vaqti yarim soatgaça qisqargan. Bu muddat içida u ham iş böyiça hujjatlar ustida işlaşi, ham xatlarga javob berişi kerak edi.
Biroq u yozişga muvaffaq bölgan taqdirda ham qaydlarni koloniyadan taşqariga yetkazib berişning özi bir mahorat edi.
Qamoqxona kundaliklari qanday qilib “ozodlikka çiqdi”?
Çamasi, Navalniy kitobining dastlabki öquvçilari qamoqxona qöriqçilari va senzuraçilar bölgan. U öz xotiralarida şunday yozadi: “Men yozgan va saqlayotgan hamma narsa, xoh advokatim bilan uçraşuvga olib borganimda, xoh undan olib kelayotganimda, şunçaki sinçiklab öqib çiqilmaydi, balki qayta-qayta suratga olinadi; yozilganlarni esa bemalol, ahmoqona tarzda tortib olişadi”.
Yozuvlarni qamoqxonadan taşqariga yetkaziş ba’zan josuslik romanlaridagi operatsiyalarga öxşab ketardi, deydi Navalniy. Masalan, sud majlislari paytida memuarlar bitilgan daftarlarni uzatiş rejasini olaylik. New York Times gazetasida e’lon qilingan parçada Navalniy şunday yozadi: “Qöriqçilarni aldaş uçun butun boşli maxfiy operatsiya öylab topişimga töğri kelgan. Buning uçun yoziş maqsadida sotib olingan (taşqi körinişi) bir xil daftarlar bilan ularni almaştirişga majbur bölardim”.
Bu iş vaqt talab qilardi. Ba’zan uning yozuvlari taşqariga çiqişidan oldin yarim yilça ötib ketgan.
Yuliya Navalnayaning fikriça, ayrim yozuvlar yöqolgan yoki koloniyada qolib ketgan. Xarpdagi koloniyada vafotidan bir kun oldin Alekseyning ixtiyorida bölgan şaxsiy buyumlaridan oilaga heç narsa qaytarilmagan, hatto sakkiz oy ötsa ham, deb ta’kidladi Yuliya BBC bilan suhbatda.
Bular kitobga ta’sir qildimi?
Bu qiyinçiliklar kitobga ta’sir qilmay qolmadi. New York Times naşri ta’kidlaşiça, taxminan kitobning örtasida hikoya qiliş uslubi keskin özgaradi.
Kitob çiqişidan oldin uni öqiş huquqiga ega bölgan gazeta şarhlovçisi şunday yozadi: “Kursiv bilan ajratilgan qisqa bölimda, Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmiş tomonidan yozilib, Yuliya tomonidan ma’qullangan, Navalniy qamoqqa olinib, uzoq şimoldagi Arktika koloniyasiga ötkazilgandan keyin sodir bölgan voqealar bayon etiladi. Xotiralarning qolgan qismi asosan Navalniyning 2021 yil yanvaridan boşlangan hibsxona qaydlaridan iborat”.
Kitobning bu qismida Navalniy tekşirişlar, saflanişlar va iş paytida özini qanday va nima bilan band qilişga uringanini yozadi: u iş vaqtida tikuv maşinasi ustiga egilib, “Hamlet”dan monolog yodlagan; meditatsiya qilişga uringan; qöliga tuşgan barça kitoblarni mutolaa qilgan.
U kameradoşlariga Yuliya bilan uçraşuvi, bel oğriği sababli oçlik e’lon qilgani hamda şifokorlarni çaqirişni talab qilgani haqida gapirib berardi.
Navalniyning özi ham hibsga olinib, qamoqqa taşlangani sababli kitob butun emasligini tan oladi. “Tasdiqlangan rejaga köra, men öz tarjimai holimni davom ettirişim, loyihalarni qanday amalga oşirganim va qanday qilib bugungi “men”ga yetişganimga urğu berişim kerak edi. Ammo natija qanday bölyapti? Qandaydir bölak-bölak, uzuq-yuluq tartibsizlik”, — deb yozadi Navalniy kitobida. “Buni şunday gonzo-jurnalistika deb hisoblaylik. Faqat, meniki Xanter Tompsonnikidan ham gonzoroq bölsa kerak”.