13 mart, duşanbaga ötar keçasi kanadalik rejissyor Deniel Roerning «Navalniy» filmi eng yaxşi hujjatli film sifatida «Oskar» mukofotini oldi. Uşbu lentada rossiyalik muxolifatçining 2020 yil yozida Rossiyada «Noviçok» moddasi bilan zaharlanganidan to 2021 yil yanvarigaça Germaniyadan vataniga qaytgani va u yerda davolanganigaça bölgan voqealar aks etgan.

Roer Aleksey Navalniy zaharlanganidan söng reabilitatsiyadan ötayotgan paytda Germaniyaning Şvarsvaldida rossiyalik muxolifatçi siyosatçi bilan uçraşgan.

«Eng yaxşi hujjatli film» nominatsiyasi ğolibi e’lon qilinganidan söng Los-Anjyelesdagi sahnaga hozirda Rossiya qamoqxonasida bölgan muxolifatçining rafiqasi Yuliya Navalnaya çiqdi. U bir kun kelib erining ozod bölişini va Rossiya yana erkin davlatga aylanişini orzu qilişini aytib ötdi.

«Navalniy» kartinasidan taşqari, Şonak Sen rejissyorligidagi «Nafas oladigan hamma narsa», Lora Poytrasning «Barça gözallik va qon tökilişi», Sara Dosning «Sevgi olovi» filmi hamda Ukraina, Daniya, Şvetsiya va Finlandiya hamkorligida suratga olingan, lisiçansklik bolalar haqidagi Simon Lereng Vilmontning «Parçalardan uy» lentasi ham «Eng yaxşi hujjatli film» nominatsiyasida «Oskar»ga da’vogarlik qildi.

Fevral oyida «Navalniy» filmi Amerika prodyuserlar gildiyasi va Britaniya kinoakademiyasining BAFTA mukofotlarini ham olgandi.