07:32 / 27.02.2023
21139

Qirg‘izistonda ikkita zilzila sodir bo‘ldi

Qirg‘izistonda 4,4 va 4,3 magnitudali ikkita zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

27 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:42 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 42 gradus shimoliy kenglik; 79,7 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 875 km shimoli-sharqda.

Bundan tashqari, Toshkent vaqti bilan soat 04:58 da Qirg‘izistonda yana bir zilzila sodir bo‘lgan

Zilzila koordinatalari: 41,72 gradus shimoliy kenglik; 74,64 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 454 km shimoli-sharqda.

Top