13:04 / 01.03.2023
28258

Fevral oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi 

Fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. 

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 12,2 foizga yetdi. 

2023 yilning fevral oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,3 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.

Top