20:32 / 03.03.2023
23255

Toshkent shahriga ko‘chib kelgan viloyatliklar soni ma’lum qilindi

Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan Toshkentga eng ko‘p aholi ko‘chib kelgan. 

Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 45 689 kishini tashkil etgan. 

2022 yilda Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni:

- Toshkent viloyati – 18648 kishi;

- Qashqadaryo viloyati – 5924 kishi;

- Samarqand viloyati – 3486 kishi;

- Surxondaryo viloyati – 2853 kishi;

- Buxoro viloyati – 2777 kishi;

- Farg‘ona viloyati – 2181 kishi;

- Andijon viloyati – 1716 kishi;

- Xorazm viloyati – 1688 kishi;

- Navoiy viloyati – 1529 kishi;

- Namangan viloyati – 1521 kishi;

- Jizzax viloyati – 1303 kishi;

- Sirdaryo viloyati – 1074 kishi;

- Qoraqalpog‘iston R. – 989 kishi.

Mavzuga oid
Top