09:00 / 07.03.2023
7310

Havas diskaunterlar tarmog‘i faoliyatiga 4 yil to‘ldi

Foto: Havas

Havas tarmog‘i tashkil etilganidan buyon o‘tgan 4 yil vaqt mobaynida qulay va arzon narxli savdo do‘konlari soni 227 taga yetdi.

Bundan roppa-rosa 4 yil avval O‘zbekiston bozorida Havas diskaunterlar tarmog‘i paydo bo‘lgan edi. Qisqa vaqt ichida Havas yurtimizdagi eng yirik savdo tarmoqlaridan biriga aylandi. Tashrif buyuruvchilar Havas'ni unda hamyonbop narxlarda sifatli zaruriy mahsulotlar to‘plami mavjudligi, xushmuomala xodimlari, turar joylar yaqinida qulay joylashgani uchun qadrlaydilar va har kuni tanlaydilar.

O‘zining 4 yillik faoliyati davomida ushbu asosiy tamoyillarga rioya qilish orqali Havas yuz minglab odamlarning mehri va ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Hamyonbop narxlarda zaruriy va sifatli mahsulotlar

Havas diskaunterlar tarmog‘ida zaruriy va dolzarb kundalik iste’mol mahsulotlari tanlovi taqdim etilgan. Bu tarmoqning barcha do‘konlarini kerakli assortiment bilan ta’minlash hamda mijozlarning vaqti va pulini tejash imkonini beradi.

Ishonchli ta’minotchilar bilan hamkorlik

Yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi. 227 ta Havas do‘konlarining istalgan biriga kirgan tashrif buyuruvchilar barcha mahsulotlarning yuqori sifati va sarxilligiga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Ta’minotchilarni ehtiyotkorlik bilan tanlash Havas'ga hamyonbop narxlarda doimiy yuqori sifatli mahsulotlarni taqdim etish imkonini beradi.

Uyingiz yaqinidagi sevimli do‘kon

4 yillik faoliyati davomida Havas Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 227 ta do‘kondan iborat yirik chakana savdo tarmog‘iga aylandi. Biroq bu hali chegara emas. Havas Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida o‘z faoliyatini yanada kengaytirishga harakat qiladi.

Ushbu 4 yil davomida Havas o‘zining sifatli oziq-ovqat, gigiyena va uy-ro‘zg‘or mahsulotlarini eng maqbul narxlarda taqdim etish orqali xalqqa xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan maqsadiga sodiq qolmoqda.

“Havas — xalq xizmatida”.

 

Axborot markazi: (+998) 71 205-95-95.

Sayt: www.havasfood.uz

Facebook: fb.com/havasuz

Instagram: @havasuz

Telegram kanal: t.me/havasuz

Reklama huquqi asosida

Top