16:30 / 13.03.2023
30688

Baxmut mudofaasi davom etmoqda, «vagnerchilar» asir tushmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 382-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Moskva oblastidan safarbar qilinganlarning qarindoshlari Vladimir Putin va Sergey Shoyguga murojaat yo‘llab, zarur tayyorgarlik va qurollarsiz oldingi chiziqqa yuborilgan harbiy xizmatchilarni shturmchi bo‘linmalardan qaytarib olishni so‘rashdi.
  • Amerikaning yadro qurolini olib yurishga qodir bombardimonchi samolyoti Boltiq dengizi ustida Sankt-Peterburg yo‘nalishida uchib, manyovr amalga oshirdi. Samolyot Polsha, Estoniya, Latviya va Litva ustidan uchgan, Fin bo‘g‘ozidagi Gogland oroli yaqinida burilgan va Buyuk Britaniya tomon uchib ketgan.
  • Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida o‘tgan haftada Baxmut atrofida 1100 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgani, yana 1500 nafari yaralanganini aytdi. RF mudofaa vazirligi bu ma’lumotga izoh bermagan.
  • Shveytsariya Britaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Rapier rusumli 60 ta eski zenit-raketa komplekslarini utilizatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Mahalliy jurnalistlar fikricha, ularni Ukrainaga berish ham mumkin bo‘lgan, ammo Shveytsariya prezidenti to‘liq betaraflik siyosatiga sodiq va urushni muzokaralar yo‘li bilan to‘xtatish tarafdori hisoblanadi.

Kun kadri. «Vagner» XHK yollanma jangchisi ukrain asirligida

«Vagner» XHK yollanma jangchisi Ukraina qurolli kuchlari tergov xonasida. Asir tushgan «vagnerchilar»ning aniq soni ma’lum emas. Kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin bu mavzuda oxirgi bor ukrainlarga asir tushgan yollanma jangchining «kuvalda» bilan urib o‘ldirilishi aks etgan video tarqalganidan buyon munosabat bermagan (o‘shanda Prigojin rolikni serialga qiyoslagandi). Fevral oyi o‘rtalarida asirlikka tushgan ikki rossiyalik harbiy «Vagner» uchun ishlagani, RF armiyasi ulkan yo‘qotishlarga uchrayotgani va yollanma jangchilar o‘z komandirlari tomonidan otib tashlanishi haqida aytib bergandi. Rossiya tomoni bu ma’lumotga izoh bermagan.

Baxmut atrofidagi ukrain askarlari

Ko‘plab harbiy ekspertlar fevraldayoq Ukraina qo‘shini «yaqin haftalarda» Baxmutni tashlab chiqishini taxmin qilgan bo‘lsa-da, Donetsk oblastidagi bu shahar mudofaasi davom ettirilmoqda. «RBK-Ukraina» nashri yozishicha, Baxmut atrofidagi ukrain harbiylarining asosiy vazifasi — Rossiya qo‘shinini holdan toydirish hamda ularni shaxsiy tarkib va harbiy texnikalar bo‘yicha imkon qadar ko‘proq yo‘qotishlar berishga majbur qilish hisoblanadi. Nashrning qayd etishicha, bunday taktika RF armiyasiga muvaffaqiyatli yurish qilish va boshqa yo‘nalishlarda mudofaani mustahkamlashga imkon bermaydi, Ukraina armiyasi esa shu tarzda nafaqat shaharni himoya qiladi, balki qarshi hujumga tayyorlanadi.

Shaharni shturm qilishda ishtirok etayotgan «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin ham Baxmut atrofida RF armiyasi uchun yuzaga kelgan og‘ir vaziyat haqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, «ukrainlar bu shahar himoyasiga tuganmas zaxiralarini olib kelmoqda».

Volodimir Zelenskiy 12 mart kuni kechqurungi videomurojaatida Rossiya qo‘shinining Baxmut atrofida so‘nggi hafta davomida bergan yo‘qotishlariga to‘xtaldi. Ukraina prezidenti tasdiqlashicha, bu muddat ichida RF armiyasining 1100 askari halok bo‘lib, 1500 askar yaralangan. Rossiya tomoni bu raqamlarga izoh bermagan.

Quyida Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari aks etgan suratlar.

24-alohida shturm batalonining Chichen laqabli artilleriya komandiri (stol oldida) qo‘mondonlik punktida dron videotranslatsiyasini kuzatmoqda.
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Ukrainaning 80-desant-shturm brigadasi desantchilari oldingi chiziqdagi boshpanada dam olmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina ko‘ngillilar armiyasi jangchilari MT-LB (ko‘p maqsadli yengil shatakchi zirhli transportyor) mashinasida
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina ko‘ngillilar armiyasi askari rossiyaliklar pozitsiyasini o‘qqa tutishdan oldin o‘q-dorilarni tayyorlamoqda
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainaning «Edelveys» nomli 10-alohida tog‘-shturm brigadasi jangchilari Baxmutdan taxminan 10 kilometr shimoldagi Soledar shahri atrofidagi front chizig‘ida
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Edelveys» brigadasi jangchilari Soledar atrofida rossiyaliklarning pozitsiyalariga zarba yo‘llamoqda
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Rossiyalik askarlar jasadlarini qidirayotgan ukrain ko‘ngillilari 

«Qora lola» humanitar missiyasi a’zolari otishmalar vaqtida halok bo‘lgan ikki rossiyalik askar jasadini chiqarib olmoqda. Ularning jasadi Donetsk va Xarkiv oblastlari chegarasida joylashgan Dolina qishlog‘ida qoldirib ketilgan.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Qora lola» — Ukrainada harbiy harakatlar hududidan halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini olib chiqish va eksgumatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi humanitar missiya. U 2014 yil sentabrida Ukraina qurolli kuchlarining «Evakuatsiya 200» humanitar loyihasining bir qismi sifatida tuzilgan, 2016 yildan alohida ishlay boshlagan.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti Dolina qishlog‘idagi yerto‘la zinasida rossiyalik askarlar jasadlari
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donbassdagi ukrain harbiy shifokorlari 

Donetsk oblastida front chizig‘idagi ukrain harbiy shifokorlari va yarador jangchi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Oldingi chiziqdagi dala hospitalidagi zambil
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsklik ayol vayron bo‘lgan uyi oldida 

Donetsk 12 mart kuni Ukraina armiyasi tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida yaralangan 66 yoshli Svetlana Boyko. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, ukrain harbiylari shaharga oltita raketa uchirgan, shundan ikkitasi turar joy binosiga kelib tushgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top