16:31 / 14.03.2023
3140

Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z vazifasini bajarishga kirishdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov bugun Niderlandiya elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) etib tayinlangan Andre Karstensning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish va iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish orqali ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Baxtiyor Saidov savdo-sarmoyaviy hamkorlik va parlamentlararo muloqotni institutsionallashtirish taklifini bildirdi.

Top