Amsterdamda Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) kantori Şay Abramsonning çiqişiga qarşi noroziliklar vaqtida 22 kişi hibsga olindi. Bu haqda yakşanba kuni, 14 dekabrda Niderlandiya politsiyasi ma’lum qildi.
Keçqurun bir neça yuzlab kişi Concertgebouw konsert zali yonida töplandi. Politsiya “namoyişçilarni masofada uşlab turiş va jamoat tartibini saqlaş” uçun bir neça bor aralaşgan.
Namoyişçilar tutunli şaşkalarni yoqqanidan keyin, AFP agentligi xabar berişiça, politsiya xodimlari dubinkalardan foydalangan. Huquq-tartibot idoralari ma’lum qilişiça, töqnaşuvlar paytida bir politsiyaçi yengil jarohat olgan.
Qölga olingan 22 kişining barçasiga yiğilişlar töğrisidagi qonunni buziş, pirotexnika buyumlarini saqlaş va hibsga oliş vaqtida qarşilik körsatiş böyiça ayblovlar qöyildi.
Abramson 14 dekabr kuni kunduzi yahudiylar bayrami — Xanuka munosabati bilan ötkaziladigan konsertda çiqiş qilişi kerak edi. Ammo uning TSAHAL bilan aloqalari sabab çiqişga qarşi namoyişlar uyuştirildi. Natijada kunduzgi ommaviy konsertda uning iştiroki bekor qilindi, biroq Abramson keçqurun ikki xil, yopiq va kamroq tomoşabin qatnaşadigan konsertlarda iştirok etgan.
2024 yil 7 noyabr keçqurun Amsterdamda Isroilning Tel-Aviv şahridagi “Makkabi” klubi va Niderlandiyaning “Ayaks” jamoasi örtasidagi futbol öyinidan keyin niqobli şaxslar isroillik muxlislarga hujum qilgan. Hujumçilarning ayrimlari Falastin bayroqlarini kötarib, tegişli şiorlarni qiçqirgan. Ular, şuningdek, isroilliklar töxtagan mehmonxonalarga kirib borişga ham uringan.
Ma’lumotlarga köra, şaharning turli hududlarida ön nafardan öttiz nafargaça isroillik muxlis jabrlangan. Politsiya beş kişi şifoxonaga yotqizilganini bildirgan. Jabrlanganlarda kaltaklaniş asoratlari va piçoq jarohatlari qayd etilgan, 62 kişi uşlangan.
Sentyabr oyida Belgiyaning Gent şahridagi Flanders Festival musiqa festivali taşkilotçilari Myunxen filarmoniya orkestri (Münchner Philharmoniker) konsertini bekor qildi. Ular bu qarorni orkestrning bölajak boş dirijyori — isroillik pianinoçi Laxav Şani ekani bilan izohlagan. Festival tomonidan Myunxen filarmoniya orkestri çiqişining bekor qilinişi Germaniya hukumat doiralarida norozilik uyğotgan.
36 yoşli isroillik pianinoçi Laxav Şani 2023 yilda Myunxen filarmoniya orkestrining boş dirijyori etib tayinlangan. U bu lavozimda rossiyalik Valeriy Gergiyev örnini egallaydi.












