23:47 / 14.03.2023
22649

Prezident tanqididan so‘ng Surxondaryoda yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi 

111 km uzunlikdagi yo‘l betonlashtiriladi.  

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida o‘zi avtomobil boshqarib, Boysun-Denov yo‘nalishidagi yo‘l sifatini tanqid qilgan edi. Mazkur yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlandi. 

Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometr beton qoplama bo‘lib, viloyatning Boysun, Bandihon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan o‘tadi.  

Bugungi kunda qurilish obektida asosiy ishlari bajarilmoqda. Hozirda obektga 70 tadan ortiq maxsus mashina va mexanizm hamda 120 nafar ishchi xodim jalb qilingan. 

Top