Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
Surxondaryo viloyati Denov tumanida voyaga yetmagan o‘quvchilar ishtirokida jinsiy zo‘ravonlikka oid holat haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotganini bildirdi.
Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 64-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida jinsiy zo‘ravonlikka oid holat yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, maktabning 11-sinf o‘quvchisi shu ta’lim muassasasida o‘qiydigan 9-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, mazkur holat bir necha oy avval maktab hududidan tashqarida va o‘quv jarayonidan tashqari vaqtda sodir bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari maktab ma’muriyati tomonidan o‘rganilib, ota-onalar ishtirokida muhokama qilingan va tegishli tartibda ichki ishlar organlariga xabar berilgan.
“Voqea voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir bo‘lgani sababli ish materiallari vakolatli organlar tomonidan amaldagi qonunchilik doirasida o‘rganilmoqda va huquqiy baho berilmoqda”, - deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Bolalar ombudsmani Kun.uz’ga mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotganini aytdi.
“Tergov organi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini olib boryapti. Bola manfaatlariga ko‘ra, hozirda ish holatlarini batafsil ochiqlash maqsadga muvofiq emas”, deyiladi ombudsman ma’lumotida.
Mavzuga oid
18:54 / 30.12.2025
Surxondaryo viloyatining yana ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
19:13 / 24.12.2025
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
17:52 / 24.12.2025