12:19 / 15.03.2023
7059

Bir qancha yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda bir qancha yo‘nalishlarda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Kun.uz

Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 2023 yilning 19, 21 mart kunlari 156-sonli “Toshkent — Urganch” yo‘nalishi va 2023 yilning 20, 22 mart kunlari 155-sonli “Urganch — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi

20-21 mart kunlari 780/779-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.

17 mart kunidan 23 mart kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 6 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.

2023 yilning 9, 16, 23, 30 mart kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha 4ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga oid
Top