21:40 / 24.03.2023
15213

AQSh Lukashenkoning prezidentlik samolyotiga qarshi sanksiyalar joriy qildi 

Shuningdek, Belarusning yirik kompaniyalari ham sanksiyalar ostida qoldi. 

Foto: Anadolu Agency

AQSh Moliya vazirligi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan foydalaniladigan Boeing 737 samolyotiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi. 

«EW-001PA - bu Belarus hukumatiga tegishli Boeing 737 samolyoti. U AQSh sanksiyasiga uchragan Belarus rahbari Aleksandr Grigorevich Lukashenko tomonidan prezident samolyoti sifatida foydalaniladi», deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Lukashenko, AQSh Moliya vazirligiga ko‘ra, ushbu va boshqa «hashamatli» samolyotlardan shaxsiy maqsadda, shuningdek, o‘z oilasi va hamrohlarining boshqa a’zolari bilan xalqaro sayohatlar uchun foydalanadi, deyiladi vazirlik xabarida. 

Vazirlikning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi ushbu Boeing 737 samolyotini Lukashenko manfaatdor bo‘lgan mulk sifatida baholagan. 

Samolyotdan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Belarusning BelAZ va MAZ mashinasozlik kompaniyalariga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritdi. 

Top