09:01 / 04.05.2023
11803

Toshkentda aholisi soni eng ko‘p uchta tuman ma’lum qilindi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisiga doir statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar Statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil 1 aprel holatiga poytaxtda doimiy aholi soni 2 978 200 nafarni tashkil etgan bo‘lib, shulardan 1 460 800 nafari erkaklar, 1 517 400 nafari ayollar.

Tumanlar kesimida aholisi eng ko‘p hududlar uchtaligiga Olmazor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlari kirdi. Yakkasaroy va Bektemir esa aholisi eng kam tumanlar sifatida qayd etildi.

2023 yil 1 aprel holatiga aholi tumanlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

• Olmazor tumani — 397,1 ming; 
• Yunusobod tumani — 369,5 ming; 
• Shayxontohur tumani — 361,8 ming;  
• Mirzo Ulug‘bek tumani — 324,9 ming; 
• Uchtepa tumani — 295,3 ming;  
• Yashnobod tumani — 293,0 ming;  
• Chilonzor tumani — 272,9 ming;                             
• Yangihayot tumani — 164,4 ming; 
• Mirobod tumani — 150,1 ming;  
• Sergeli tumani — 163,8  ming;  
• Yakkasaroy tumani — 128,6 ming;  
• Bektemir tumani — 56,8 ming.

Top