16:25 / 07.09.2016
6358

2016 yilda yurtimizdagi 371 maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligidan ma'lum qilishlaricha, ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2016 yilda 371 maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 29ta umumta'lim maskani yangidan qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 239ta maktab qaytadan rekonstruksiya qilindi, 103ta bilim maskani kapital ta'mirlandi. 

2016 yil Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 28ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash hamda zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlashga e'tibor qaratildi. 200dan ortiq umumta'lim maktablarida sport zallari qurilib, zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan ta'minlandi.

Shuningdek 1 220 umumta'lim maktabini kompyuter sinfi, interaktiv elektron doskalar va konditsionerlar bilan jihozlashga e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 286ta maktabgacha ta'lim muassasalarini kapital rekonstruksiya qilish belgilangan bo‘lib, ularni mebel, asbob-uskunalar, o‘yinchoqlar va texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Top