Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida mamlakat böylab 9 812 ta köp kvartirali uyda ta’mirlaş işlari rejalaştirilib, moliyalaştiriş hajmi 244 mlrd sömni taşkil etdi. Uylarning tomi, yertölasi, fasadi, kiriş yölaklari hamda içki muhandislik tarmoqlari yangilandi.

Energiya tejamkor infratuzilma joriy etilmoqda: 1,5 mingta kodli temir eşik örnatildi, 14,6 ming kv.m oynavand framuga yangilandi va 70 mingga yaqin energiya tejamkor çiroq qöyildi. Davlat dasturlari va mahalliy budjetlar hisobiga qöşimça 4 mingdan ortiq uyda ham ta’mir işlari amalga oşirildi.

Mavsumni barqaror ötkaziş uçun 207 ming kv.m şifer, 36 ming dona zadvijka va ventil, 145 ming pogon-metr turli quvurlar, 379 tonna qum-tuz aralaşmasi hamda boşqa zarur jihozlar zaxirasi şakllantirildi. Lift xöjaligini yangilaş doirasida 505 ta liftni almaştiriş rejalaştirilgan: hozirga qadar 301 tasi örnatildi, yana 108 tasida işlar davom etmoqda.

Köp kvartirali uylarda quyoş panellari va geliokollektorlar örnatiş yölga qöyilgan. Hukumat qarori ijrosi doirasida 195 ming kv.m fasad bazalt izolyatsiya materiali bilan qoplandi. Uşbu çora-tadbirlar hisobiga 20 mln kVt·soat elektr energiyasi va 2,8 mln m³ tabiiy gaz tejalişi kutilmoqda.