«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich agent rolida. U AIK jamoasi hujumchisi Aleksandr Isakka yangi jamoa topib bermoqchi.
Shvetsiyalik futbolchi «yangi Ibrahimovich» deya atalayotgan bu vatandoshini o‘zining sobiq jamoalariga tavsiya etgan.
Tuttosport nashri ma'lumotiga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi «PSJ» va «Yuventus»ga 17 yoshli Aleksandrni sotib olishni tavsiya qilgan.
Isak joriy mavsumdagi 20 uchrashuvda 7 gol urgan.