Ibrahimoviç öz karerasini «Mançester Yunayted»da davom ettirmaydi. «Zenit» esa bu xabarning ertasigayoq şvetsiyalik hujumçining «Tvitter»dagi akkauntiga obuna böldi. Bu narsalar örtasida biror boğliqlik bormi?

Nega u «MYu»dan voz keçdi?

Ibrahimoviç bizni ölguniga qadar hayratda qoldirişda davom etsa kerak. Uning uçun 35 yoşidayam top-klubning asosiy tarkibi öyinçisi böliş, notaniş çempionatdagi ilk mavsumida 17 ta gol uriş, boz ustiga, ulardan ikki-uçtasi durdona bölişi — çikora ekan. 2016/17 mavsumda u barça turnirlarda jami 28 ta gol urib, 10 marta golli uzatmani amalga oşirgan.

Biroq, şvetsiyalik «yarimma'bud»ning qölidan kelmaydigan narsalar ham bor ekan. U jamoasini Yevropa Ligasi finali tomon dadillik bilan boşlab, «Anderlext»ga qarşi apreldagi öyinda mavsumni muddatidan avval tugatib qöydi. U sakradi, havoda raqib bilan töp uçun kuraş olib bordi, yerladi va tizzasidan jarohat oldi... «Old Trafford» karsaklari ostida Zlatanni maydondan zambilda kötarib olib çiqib ketişdi. Bu uning «qizil iblislar» libosidagi sönggi daqiqalari bölib qoldi.

Köplar uning karerasi yakun topişi haqida gapira boşladi — bunday jarohatdan söng unça-munça futbolçi avvalgi darajasiga çiqa olmaydi. Ayniqsa, yoşi ötganlar. Biroq Ibrada bunga qarşi dalil tiqilib yotipti. «Arslonlar jarohatdan insonlar kabi tiklanmaydi», deb yozib qöydi u tiklaniş jarayoni tuşirilgan video ostiga, bungaça esa qölga kiritilgan Yevropa ligasi kubogi içiga jarohatlangan oyoğini tiqib olgandi.

Nima bölganda ham, «Mançester Yunayted»ning kelgusi mavsum uçun tanlab olingan futbolçilari röyxati içida uning nomi yöq. Uni tuşirib qoldirişibdi. Balkim, Ibra kelgusi mavsum rejalari içidan «MYu»ni özi olib taşlagandir. Garçi miş-mişlar uni Xitoydan tortib — Amerikagaça, Yer kurrasining turli nuqtalariga jönatayotgan bölsa-da, uning agenti Mino Rayola Zlatan Yevropada qolişini ta'kidlab ötdi.

Zlatan butsalarini mixga ilişga aslo şoşilmayapti.

Nega u «Zenit»ga qöşilişi mumkin?

Birinçidan, «Zenit» va uning orqasida turgan tuzilmalarning unga haq tölaşga qurbi yetadi. Peterburgda bir paytlar bir kunda 100 million yevroni qanday sovuriş borasida master-klass ötkazişgan. Hujumçi erkin agent maqomida şu yerga kelişi ham mumkin. Unga maoşdan qizğanişmaydi, jafokaş «Krestovskiy» stadioni esa tirik afsonaning öyinlarida bahramand bölaman deganlar bilan liq töladi, tabiiyki, Zlatanga şirin va baxtli hayotni ham kafolatlaşadi.