Hujumçi Zlatan Ibrahimoviç «Los-Anjyeles Gelaksi»ga ötişdan boş tortdi, sababi «Mançester Yunayted»ga qaytiş haqida öylamoqda, deb xabar berdi Tribuna.uz The Sun’ga asosan.

Avvalroq Kaliforniya jamoasi şvetsiyalik futbolçiga yiliga 7,7 mln dollarlik iş haqiga ega şartnoma taklif qilgani xabar qilingandi. Agarda Zlatan uşbu taklifni qabul qilganida, MLS tarixidagi eng köp maoş oluvçi öyinçiga aylanardi. Biroq 35 yoşli Ibrahimoviç tizzadagi jarohatidan söng tiklanişda davom etmoqda va «MYu» bilan yangi şartnoma imzolaş niyatida.

Ötgan mavsumda Ibrahimoviç APLda 28 uçraşuv ötkazib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Zlatan «MYu» bilan Angliya superkubogi, Liga kubogi va Yevropa ligasida ğalaba qozongan.