Şvetsiyalik hujumçi Zlatan Ibrahimoviç keyingi mavsumda ham «Mançester Yunayted»da qolişga tayyor. The Sun xabariga köra, buning uçun klub uning maoşi miqdori oşirib, Ueyn Runi va Pol Pogbaniki bilan tenglaştirib berişi kerak.
Ibrahimoviç «Mançester Yunayted» bilan ötgan yilning yozida «1+1» şaklida şartnoma tuzgandi. 35 yoşli futbolçi şartnomani uzaytirişga rozi, buning uçun u jamoada eng yuqori maoş oluvçi 3 futbolçidan biriga aylanişi kerak. Hozirda Ueyn Runi va Pol Pogba haftasiga 300 ming funt miqdoridagi maoş bilan ta'minlangan. Ibrahimoviçning hozirgi kundagi maoşi esa haftasiga 260 ming funtni taşkil etadi.
Bundan oldinroq uşbu futbolçi uçun AQŞ va Xitoydan köp millionlik şartnomalar taklif qilinayotgani haqida xabarlar berilgandi.Joriy mavsumda Ibrahimoviç «Mançester Yunayted»ning barça turnirlari doirasida 41 uçraşuvda maydonga tuşgan va 26 gol urgan.












