The Times da yozilişiça, keça «Mançester Yunayted» bilan yangi şartnoma imzolagan Zlatan Ibrahimoviç buning uçun ötgan yilgiga nisbatan bir neça barobar kamroq maoş olişga ham rozi bölgan. 

Manbada keltirilişiça, şu yilning iyun oyida nihoyasiga yetgan şartnomada şvetsiyalik hujumçi haftasiga 350 ming funt olgan, yangi şartnomaga köra esa, u atigi 125 ming funt maoş olişga ham köngan. 

Zlatan Ibrahimoviç AQŞ va Xitoydan jiddiy takliflar bölişiga qaramasdan, aynan «MYu»ni tanlaganidan xursand ekanini yaşirmadi. 

«Ibrakadabrani öz safida körişni istagan bir neçta klub bor edi, ammo men Mançesterda ajoyib bir yilni ötkazdim va bu davom etişini istayman. Ajoyib mavsum ötdi, biz uçta sovrin yutişga muvaffaq böldik, ajoyib yigitlar bilan birga öynadim, men juda yaxşi biladigan murabbiy ham şu yerda, oilam ham bu yerda juda baxtli.

Özingga jamoa tanlar ekansan, faqat sport nuqtai nazaridan qaramaysan, men va atrofimdagilar şunçalar baxtlimizki, men hatto tekinga öynaşga ham tayyor edim» – degan Ibrahimoviç ESPNga bergan intervyusida.