Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pedagog internatdagi tarbiyalanuvchisini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Ukrainaning Xarkov viloyatidagi maktab-internatlaridan birida ishlovchi pedagog o‘zining 13 yoshli tarbiyalanuvchisini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqida mintaqa prokuraturasi saytida xabar berildi.
"Pedagogga Ukraina JKning 149-modda 3-bandi (Odam savdosi yoki boshqa noqonuniy kelishuvni amalga oshirish) bo‘yicha ayblov qo‘yildi", - deyiladi idora xabarida. Mazkur modda bo‘yicha maksimal sanksiya 15 yilga ozodlikdan mahrum qilishdan iborat.
Pedagog qo‘lga olindi, unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.
Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov ro‘y bergan voqeani o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasida izohladi. Unga ko‘ra, muammoli o‘smirlarga mo‘ljallangan maxsus internatning 52 yoshli ukrain tili va adabiyoti o‘qituvchisi "tarbiyalanuvchi qizni sotish borasidagi biznes-rejasi ustida deyarli bir yil ishlagan".
"U (pedagog) nobop oila qizini topib, uni internatga joylashtirgan, xaridor izlagan, hujjatlarni yetkazgan... Xaridor organlarning ko‘chib o‘tkazilishiga ishora qilib, bolaning sog‘lig‘i bilan qiziqqanida qizning suratlari va tibbiy ma'lumotnomasini taqdim etgan", - deb yozadi u.
Huquq-tartibot organlari xodimlari pedagogning yovuz niyati haqida to‘rt oy oldin xabar topishgan va operativ nazoratni yo‘lga qo‘yishgan. "Pedagog bolani internat tashqarisiga olib chiqib, xaridorlardan pul olayotganida qo‘lga tushgan", - deb yozgan Avakov va mazkur ish yuzasidan qo‘zg‘atilgan tergov ishi o‘z nazoratida ekanini ta'kidlagan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?
O‘zbekiston | 16:43
-
Yozning jazirama kunlarida ayollar terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ayollar dunyosi | 16:35
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
Mavzuga oid

11:06
Urushlar taqqosi: 80 yil o‘tib nimalar o‘zgardi?

19:40 / 25.07.2025
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi

11:06 / 25.07.2025
Kiyevda korrupsiyaga qarshi idoralar mustaqilligi uchun namoyishlar davom etmoqda

10:54 / 25.07.2025