15:35 / 20.12.2016
25937

Talabalar temir yo‘l va aviachiptalarni yarim bahosida xarid qilishi mumkin

Foto: anhor.uz

O‘zbekistondagi Oliy ta'lim muassasalari talabalari, kollej va litsey o‘quvchilari uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi mamlakat ichidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Yangi yil tariflarini kiritdi.

«Anons» nashri bergan xabarga ko‘ra, 28 dekabrdan 10 yanvarga qadar talabalar hamda kollej va litsey o‘quvchilari ichki reyslar uchun temir yo‘l va aviachiptalarni 50 foizlik chegirmalar bilan sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Imtiyozli chiptalarni xarid qilish uchun pasport, o‘quv muassasasining talabalik yoki o‘quvchilik guvohnomasi  taqdim etilishi kerak. Shu bilan birgalikda, bu imtiyozlar «Afrosiyob» poyezdi chiptalari uchun amal qilmasligi qayd etilgan.

Chegirmali aviachiptalarni O‘zbekistonning Markaziy aviakassasidan xarid qilish mumkin.

Top