09:32 / 05.03.2017
5196

AQSh xorijiy davlatlarga moliyaviy yordam hajmini qisqartirmoqchi

Oq uyning ma'muriy-byudjyet boshqarmasi direktori Mik Malveni Vashington boshqa davlatlarga moliyaviy yordam hajmini ancha kamaytirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.  

"Ustuvor yo‘nalish juda jo‘n: xorijda kamroq sarflangan pullar bu yerda ko‘proq sarflangan pullarni anglatadi", deb aytgan Malveni.

Uning aytishicha, bunday choralar mamlakatning harbiy xarajatlarini 54 mlrd dollarga oshirishga imkon beradi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning yangi byudjyeti shakllantirilayotganda Vashingtonning mudofaaga xarajatlarini 54 mlrd dollarga oshirishi ma'lum qilingandi.   

Top