18:31 / 20.06.2017
8709
Qatar Airways dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi bo‘ldi

Qatar Airways joriy yilda dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasiga aylandi. U  Skytrax reytingida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi pog‘onadan Singapore Airlines joy olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda - ANA. Shuningdek, eng yaxshi aviakompaniyalar top-5ligiga Emirates va Cathay Pacific ham kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda ekspertlar eng yaxshi aviakompaniya sifatida Emirates’ni tan olishgandi.

Skytrax top-100ligidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK joy olmagan.

To‘liq ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.

Top