Yangi FlyOne Asia loukosteri (arzon çipta taklif etuvçi) Özbekistonda 2026 yil aprelida iş boşlaşi kutilmoqda. Aviakompaniya Toşkentdan Rossiyaning kamida 5 ta şahriga parvozlarni amalga oşiradi.

FlyOne Asia Toşkentni Rossiyaning Moskva, Qozon, Yekaterinburg, Samara va Mineralniye Vodi şaharlari bilan boğlaşni reja qilgan. Şuningdek, Riga (Latviya), Şarja (BAA), Tel-Aviv (Isroil), Boku (Ozarboyjon), Kişinyov (Moldova) ham parvozlar röyxatiga kiritilgan.

Aviakompaniya 2025 yil fevral oyida taşkil qilingan va Asia Union Airlines deb nomlangan va Özbekistonning turli şaharlaridan Madinaga parvozlarni amalga oşirgan. Iyul oyida u Moldovaning FlyOne aviakompaniyasiga qöşildi.

Yozda aviataşuvçi floti A320 oilasiga mansub ikkita Airbus samolyotidan iborat edi, noyabr oyida esa yana 2 ta samolyot kelişi kutilgandi.