Uchrashuv davomida Xitoy tomoni China Southern Airlines uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi asosiy yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan parvozlar soni va geografiyasini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirildi.

Tomonlar qo‘shma marketing va reklama kampaniyalarini amalga oshirish, shuningdek savdo, iqtisodiyot, madaniyat va turizm sohalarida almashinuvni faollashtirishga qaratilgan taqdimotlar va press-turlar o‘tkazishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Muloqot yakunida bunday tashabbuslar ikki tomonlama sheriklikni mustahkamlash, shuningdek turizm sohasini o‘zaro rivojlantirish va O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimini yanada oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.