19:15 / 27.07.2017
74419

Chevrolet yangi krossoverlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Chevrolet markasiga egalik qiluvchi General Motors konserni yangi avtomobillar borasidagi bayonotini kelgusi haftadayoq e'lon qilishi mumkin, deb yozadi Braziliyaning Noticias Automotivas nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2 avgust kuni GM bugungi kunda qo‘shplatformali Chevrolet Onix hetchbeki va Chevrolet Prisma sedani ishlab chiqarilayotgan Braziliyadagi o‘zining ishlab chiqarish maydonchasini kengaytirishi haqida e'lon qiladi. O‘shanda yangi krossover haqida ham ommaga oshkor qilinadi.

Foto: Chevrolet Onix

Braziliyaliklarning qayd etishicha, yangi mashina ham so‘nggi avloddagi Onix/Prisma asosiga quriladi. Sedan va hetchbek 2019 yilda avlodlarini o‘zgartiradi, krossover esa 2020 yildan konveyerdan chiqa boshlaydi.

Yo‘ltanlamas mashina asosan Janubiy Amerika mamlakatlari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi va ehtimolki, Tracker modeli o‘rnini egallaydi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi GM Uzbekistan zavodida Chevrolet Tracker ishlab chiqarilishi ma'lum qilib kelinayotgan edi.

Foto: Chevrolet Tracker

Ilgariroq, 2018 yildan Chevrolet yangi o‘rta o‘lchamli SUVni seriyali ishlab chiqarishni boshlashi ma'lum qilinayotgan edi. Bu krossover, asosan, AQShda sotilishi mo‘ljallanmoqda. Taxmin qilinishicha, ushbu model uchun Blazer nomi qayta tiklanadi.

Mavzuga oid
Top