12:18 / 31.07.2017
27769

Foto: Rolls-Royce Phantom tarixi

Dunyoda turli model va brenddagi avtomobillar ko‘p. Ular orasida eng arzonlaridan tortib, o‘rtahol oilaga mo‘ljallanganlari, dabdaba va hashamli avtomobil turlari juda ko‘p. Ammo shular orasida Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasi ishlab chiqqan mashinalarning o‘z o‘rni bor. Quyida ushbu kompaniyaning Rolls-Royce Phantom modeli tarixi haqida fotosuratlarda hikoya qilamiz. 

Rolls-Royce Phantom I — 1906 yildan 20 yil davomida ishlab chiqilgan Silver Ghost modelining bevosita vorisi hisoblanadi. Britaniya zavodi faqat shassi va boshqa barcha mexanik qismini ishlab chiqqan, kuzovni buyurtmachi o‘z xohishiga ko‘ra, ko‘p sonli dizayn atelelarning biridan tanlashi mumkin edi. Bu kabi ish yuritish 1950 yillargacha qo‘llab kelindi. 

Birinchi «Fantom» shassisi Silver Ghost modeliga tegishli edi. Unga 7.7 litrli, 6 silindrli dvigatel, uch bosqichli mexanik uzatmalar qutisi va barcha g‘ildiraklariga o‘rnatilgan servoprivodli tormoz mexanizmlari bilan jihozlangan. 

Ikkinchi avlod Phantom 1929 yilda paydo bo‘ldi. U yangi shassida ishlab chiqilgan, avvalgi dvigatelning takomillashgan namunasi va 4 bosqichli MUQqa ega edi. U ham turli atelelarda ishlab chiqilgan har xil kuzovlarga ega edi.

Suratlarda — Continental modifikatsiyasi. Uning g‘ildiraklar asosi birmuncha qisqaroq, qattiqroq prujinalar o‘rnatilgan, motori kuchaytirilgan. Bu avtomobil o‘sha vaqtlarda aql bovar qilmas soatiga 160 km tezlikda harakatlana olardi.

Rolls-Royce Phantom III ilk bor 1936 yilda namoyish qilindi. U V12 dvigateliga ega bo‘ldi. Bu avtomobil 1998 yilgacha kompaniyaning shunday motor o‘rnatilgan yagona modeli bo‘lib qoldi. 1998 yili xaridorlarga Silver Seraph havola qilindi.

1938 yilda Phantom III sinovini o‘tkazgan Autocar jurnali yozishicha, u noldan soatiga 96 km tezlikka 16,8 soniyada erishgan. Uning eng yuqori tezligi soatiga 140 kmni tashkil etgan. Sinov vaqtida yoqilg‘i sarfi 100 kmga 28 litrni tashkil etgan. 

Tarixdagi eng noyob «Fantom» 1950-56 yillarda 18 dona ishlab chiqilgan. Shundan 17 tasi sotilgan, ularning 16 taga yaqini muzeylar va xususiy kolleksiyalarda saqlanib qolgan. Suratda to‘rtinchi avlod «Fantom»ning ilk nusxasi. Unda qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp.

Aytish joizki, bu mashinalar qirollar oilalari a'zolari va davlat rahbarlariga berilgan. Ularning har biri 8 silindrli dvigatel va 1954 yildan 4bosqichli AUQ bilan jihozlangan. Bu «Fantom»lar uchun kuzovlar asosan Mulliner va Hooper atelelarida yasalgan.

«Fantom»ning beshinchi avlodi 1959-1968 yillarda ishlab chiqilgan. Jami 516 dona avtomobil ishlab chiqilgan, ulardan biri Jon Lennonga tegishli edi. Bu avtomobillar 6.2 litrli V8 dvigateli, General Motors kompaniyasining 4 bosqichli AUQ, rul boshqaruvi kuchaytirgichi va barabanli tormozlar bilan ta'minlangan. 

Oltinchi avlod Phantom 1968 yildan 1990 yilgacha turli kuzovlarda, xususan limuzin tarzida ham ishlab chiqildi. Umuman, undan jami 374 dona avtomobil mijozlarga yetkazilgan. Oltinchi Phantom qirolicha Yelizaveta II ning 2002 yilgacha rasmiy avtomobili hisoblangan. 

U oltinchi Phantom negizida barpo etilgan kabriolet bo‘lib, qurilishiga 2 yil vaqt sarflangan. Mashina 6.2 litrli V8 va AUQ bilan jihozlangan. Avtomobil Rolls-Royce nazoratidan o‘tib, kafolatiga ega bo‘lgan. 

2003 yilda yangi «Fantom» paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, kompaniya egaligi Germaniyaning BMW kompaniyasiga o‘tdi. Model qator yangilanishlar bilan 2016 yilgacha ishlab chiqildi. 2018 yildan uni butunlay yangi alyuminiy platformada ishlab chiqiladigan mashina almashtiradi. 

Buning natijasida Phantom oilasi yangi kupe va kabriolet bilan to‘ldi. Avtomobillar 6.75 litrli V12 dvigateli va AUQ bilan jihozlangan. Aksar «Fantom»lar avval bo‘lgani kabi maxsus buyurtma asosida yagona nusxada ishlab chiqiladi. Xitoydagi mehmonxonalardan biri 30 dona avtomobilga buyurtma berib, eng yirik xaridni amalga oshirgan. 

Dastlab, BMW kompaniyasi eng so‘nggi Rolls-Royce modeliga 9.0 litrli V16 motorini o‘rnatishni rejalashtirgan va bir nechta prototipni ishlab chiqdi. Ammo, alaloqibat eng tejamkorini ma'qul ko‘rishdi. Hozirda, Phantom jiddiy o‘zgartirilgan BMW shassisiga barpo etiladi. 

Mavzuga oid
Top