14:49 / 12.08.2017
52836

IIVda birdaniga 22 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

O‘zbekiston IIV tizimida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Xususan, podpolkovnik Aliy Saliyev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, 

polkovnik Shavkat Umarov – Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i,

podpolkovnik Shuhrat Samadov – Navoiy viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i,

podpolkovnik Farhod Shayzoqov – Sirdaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i,

podpolkovnik Zahiriddin G‘ofurov – Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i,

podpolkovnik Asqar Umarov – Samarqand viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i,

podpolkovnik Kamoliddin Yuldashev – Qashqadaryo viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i,

mayor Azizjon Allayorov – Surxondaryo viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i,

mayor Qamariddin Haydarov – Buxoro viloyati IIB JIEB jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i, 

podpolkovnik Nodir Ro‘ziyev – Buxoro viloyati Kogon tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Dilshod Xojiyev – Buxoro viloyati Shofirkon tumani IIB boshlig‘i,

mayor Azamat Haydarov – Buxoro viloyati Buxoro tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Polat Yeshanov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Nurlanmurat Ametov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Omirbay Turdibayev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Beknazar Shaxanov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani IIB boshlig‘i,

mayor Dilshodbek Ibragimov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani IIB boshlig‘i, 

podpolkovnik Jahongir Haydarov – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Alauddin Fayziyev – Sirdaryo viloyati Sardoba tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Jasurbek Sherqulov – Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Oybek Abdullayev – Sirdaryo viloyati Guliston tumani IIB boshlig‘i,

podpolkovnik Zohidjon Qayumov – Sirdaryo viloyati Guliston shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Top