Içki işlar vazirligi adabiyot va kino vakillariga oçiq. Bu haqda Özbekiston Içki işlar vaziri Abdusalom Azizov Toşkent şahrida Xalqaro press-klub tomonidan taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

“Yaxşi taklif bölsa, haqiqatdan ham qonunga asoslangan, iş faoliyatini yoritişida köçadagi kabi çapanilarça iş hal qilib ketiş emas, balki aynan qonunga asoslangan holda IIV faoliyatini yoritiş bölsa, biz hamkorlik qilişga tayyormiz”, - dedi Azizov.

Şuningdek, vazirning ta'kidlaşiça, şu sohaga oid köp ssenariylar yuzaki holda, qonun, huquq asoslarini bilmagan holda yoziladi.

“Buni çiqarib şarmanda bölgandan köra, bölmagan ma'qul deymiz”, - deya aytib ötdi IIV rahbari.

Biroq, uning aytişiça, hozirgi kundagi özbek milliy seriallarida yöl-harakati xavfsizligi xodimi, profilaktika inspektori faoliyati, pasport stoli bilan boğliq işni yoritiş mumkin. 

“Bularning hammasi ssenariy mualliflariga boğliq”, - deb xulosa qildi Azizov.