Özbekistonda 20 yanvar kuni «Içki işlar organlarini xalqçil professional tuzilmaga aylantiriş va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda işlaşga yönaltiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» prezident qarori imzolandi.

Qarorga köra, içki işlar organlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazorati tizimini yaratiş maqsadida Içki işlar vazirligi va uning hududiy bölinmalarida jamoatçilik asosida doimiy faoliyat yurituvçi maslahat-kengaş organi hisoblangan, soha olimlari, faxriylari va jurnalistlardan iborat jamoatçilik kengaşlari tuziladi.

Jamoatçilik kengaşlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • içki işlar organlari faoliyatida qonunçilik hujjatlari talablariga rioya etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş, soha böyiça ijtimoiy fikrni örganiş va tizimli monitoring olib boriş;
  • içki işlar organlari faoliyatini tartibga soluvçi qonunçilik hujjatlari loyihalarini işlab çiqiş jarayonida ijtimoiy fikr va jamiyat manfaatlari hisobga olinişini ta’minlaş çoralarini köriş;
  • içki işlar organlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari böyiça internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlarni batafsil örganiş va uning natijasini keng jamoatçilikka yetkaziş.

Hujjat qonunçilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21 yanvardan kuçga kirdi.