Özbekiston içki işlar vazirligi axborot xizmati polşalik jurnalist Agneşka Pikulitskani tvitterdagi sahifasida «aslida röy bermayotgan voqealarni yoritib keliş»da ayblab, bayonot berdi.

«Xorijiy jurnalistning milliy qonunçilikka rioya etmasligi mumkinmi?» sarlavhasi bilan e'lon qilingan bayonotda xalqaro jurnalist Toşkentda noma'lum şaxslar tomonidan döpposlangan bloger Miraziz Bazarov atrofida sodir bölayotgan voqealarga noxolis yondaşgani qayd etilgan.

«Biz e'tiborni 2021 yilning fevral oyidan buyon Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligidan akkreditatsiyadan ötib Özbekistonda faoliyat yuritayotgan «Al Jazira» muxbiri Agneşka Pikulitskaga qaratmoqçimiz. Jurnalist, joriy yilning 29 martdan boşlab Miraziz Bazarov atrofida bölayotgan voqealarga noxolis yondaşib, özining Twitter ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida aslida röy bermayotgan voqealarni yoritib kelmoqda», deyiladi bayonotda.

IIV jurnalistning bir neçta tvitlari tarjimasini keltiradi.

«Mening yigitimni maxsus xizmatlar söroq qilişyapti, (u jurnalist emas, faol emas, faqat keça men bilan bolnitsada bölgan). Bu notöğri yöl. Hurmatli maxsus xizmatlar, sizlar odamlarga öldiriş bilan tahdid qilayotgan, radikallar bilan işni hal eting», deyilgan 29 mart kuni yozilgan tvitlardan birida.

«Maxsus xizmatlar geylarni faol qidirişmoqda. Odamlarning rasmlarini körsatib, ularni geylikda gumonlaşyapti.

Odamlarga LBGT jamoasi haqida ma'lumot tarqatiş haqida bosim ötkazişyapti. Ertaga boşqalar ham söroq qilinadi. Bu yangi Özbekiston».