22:19 / 04.09.2017
14753
Inha universitetida o‘qish narxi oshmaydi

Toshkent shahridagi Inha universiteti ma'muriyati 2017 yilning 5 sentabr kunidan boshlab universitetda to‘lov-shartnoma asosida ta'lim oluvchi talabalari shartnoma pulini O‘zbekiston milliy valyutasida belgilangan hajmda to‘laydi. Bu haqda universitet saytida rasman ma'lum qilingan.

Shu bilan birga, 2017-2018 o‘quv yili uchun shartnoma pulining to‘lanmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 2 sentabr kuni amaldagi bo‘lgan kurs (1 AQSh dollari – 4210,35 so‘m) asosida to‘lanadi. 2017-2018 o‘quv yili uchun milliy valyutada o‘rnatilgan ta'lim to‘lov puli so‘m boshqa valyutalarga nisbatan o‘zgarsa ham, shartnoma to‘lov puli o‘zgarmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 2 sentabr holatiga «Kompyuter va dasturiy injiniring» (SOCIE) fakultetida bir yillik shartnoma puli 5000 AQSh dollarini, «Logistika» (SOL) fakultetida esa 5250 AQSh dollarini tashkil etgan edi. To‘lovlar O‘zbekiston milliy valyutasida Markaziy bank to‘lov kuni o‘rnatgan kursi bo‘yicha amalga oshirilar edi.  

Top