Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB: Sanjarbek Iskandarov ushlandi, unga nisbatan ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent IIBB poytaxtda o‘qqa tutilgan o‘g‘irlangan avtomobil bo‘yicha navbatdagi ma'lumotni berdi.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentabr kuni Toshkent shahrida huquq tartibot organlari xodimlari olib qochilgan Spark avtomobilini to‘xtatish uchun uni o‘qqa tutishdi. Avtomobil 4 sentabr kuni taxminan soat 13:30 larda Uchtepa tumani hududida olib qochilgan.
Keyinchalik 1983 yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi Sanjarbek Iskandarov qidiruvga berildi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning ma'lum qilishicha, Iskandarov ushlandi. Hozirgi paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 4 sentabr kuni Spark avtomashinasini olib qochish holati bo‘yicha JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlariga kirishildi.
5 sentabr kungi holat – ichki ishlar idoralari xodimlariga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu ikki jinoiy ish hozirda birlashtirilgani aytildi.
Bundan tashqari, qurol ishlatgan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlarining harakatlari qonuniy bo‘lgani ham ta'kidlandi.
Mavzuga oid
10:07 / 04.09.2025
Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
13:27 / 02.09.2025
IIB Navoiyda kaltaklangan fuqaro bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritdi
08:26 / 16.04.2025
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi
08:40 / 01.04.2025