Dunyoning eng chiroyli maktablari (fotojamlanma)

Foto: edition.cnn.com
Maktab binosi va o‘quv xonalarining ko‘rinishi o‘quvchilarning ta'lim olishiga katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin ekan. Shu darajadaki, Amerika arxitektura instituti (AIA) bu borada maxsus qo‘mitasiga ega bo‘ldi - u dunyoning eng yaxshi o‘quv muassasalarining me'morchiligini o‘rganish va fikr almashish maqsadida tuzilgan. Qo‘mita 2017 yilgi Design Facility Design Award uchun eng chiroyli innovatsion o‘quv dargohlarini tanladi. CNN ushbu muassasalar suratlari va ularga oid ba'zi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
1. Turfa ranglar jilosi va egri-bugri yo‘nalishlar - Singapurdagi Nanyan boshlang‘ich maktabining o‘ziga jalb qiluvchi jihati hisoblanadi. Ranglarning o‘quv jarayonlariga ahamiyati juda katta, bu borada hatto qator tadqiqotlar ham o‘tkazilgan.

2. Tokiodagi Fyuji bolalar bog‘chasi. Bu yerda sinf xonalarining o‘rtasida ham daraxt o‘sib chiqqan bo‘lishi mumkin. Ochiq kengliklar jamoaviy xatti-harakatlar uchun ayni muddao.

3. Los-Anjyelesdagi 9-sonli o‘rta maktabda o‘quvchilar har xil xonalarda tahsil olishadi. Shunga qarab, qanday o‘quv muhiti o‘quvchilarning yaxshiroq bilim olishi uchun xizmat qilishini o‘rganish mumkin.

4. Ispaniyadagi Roldan shaharchasida joylashgan davlat maktabi yashil "gilam" bilan qoplangan. Har bir xona muayyan yo‘nalishda ta'lim olishga mo‘ljallangan.

5. Shotlandiyaning Glazgosidagi Hazelwood School maktabida ko‘zi ojiz va kar-soqov o‘quvchilar ta'lim oladi. Bino o‘quvchilarning harakatlanishi uchun qulayliklar bilan ta'minlangan.

6. Kaliforniya shtati, Medous ko‘rfazidagi Nueva xususiy maktabi jamoatchilikning o‘yin maydonlari va kutubxonalaridan foydalanadi va jamoatchilikka o‘zining bo‘sh xonalaridan foydalanish imkonini beradi, bu esa o‘quvchilarning jamoatchilik bilan munosabatlarini shakllantiradi.

7. Singapurdagi Nanyan texnologiya universitetidagi O‘quv markazi dizayni noodatiy ko‘rinishga ega.

8. Chiba (Yaponiya)dagi Xakusi bolalar maktabi muhiti innovatsion ko‘rinishga ega.

Tavsiya etamiz
Qozog‘istonda hashamat solig‘i, Afg‘onistonda qimmat internet va Turkmanistonda taqchil yog‘ - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 12:43 / 02.03.2025
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi
Jahon | 23:25 / 02.03.2025
-
Shimoliy yarimshardagi jazirama va qurg‘oqchilik olimlarni tashvishga solmoqda
Jahon | 22:42 / 02.03.2025
-
Yevropa AQSh va NATOsiz omon qoladimi?
Jahon | 22:30 / 02.03.2025
-
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishda yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi
Jahon | 22:26 / 02.03.2025